fcnasaf.uz

  06 Jan 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligini boshlab yubordi

“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligiga  3 yanvar kunidan kirishdi. Jamoamiz qarorgohida ta’mirlash ishlari davom etayotgani bois, tayyorgarlik mashg‘ulotlari Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohiga ko‘chirildi. Bu yerda tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun kerakli sharoitlar yaratildi.

Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Futbolchilarimiz  jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanishmoqda.

Mashg‘ulotlarda milliy terma jamoamizga jalb etilgan Sanjar Quvvatov va Odiljon Hamrobekov, shuningdek olimpiya terma jamoamiz yig‘iniga taklif etilgan  to‘qqiz nafar futbolchilarimiz: Umidjon Ergashev, Mashhurjon Muhammadjonov, Sherzod Nasrullayev, Dilshod Saitov, Sharof Muhitdinov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboyev, Ilhom Alijonov va Bobir Abduxoliqovlar ishtirok etishayotgani yo‘q. Ushbu futbolchilarimiz jamoamiz mashg‘ulotlariga yanvar oyi oxirlarida qo‘shilishlari mumkin.  Bundan tashqari yarim himoyachimiz Saydullo Rahmatov ham mashg‘ulotlarda qatnashmayapti, sababi Rahmatov jamoamizni tark etgan. Katta ehtimol bilan faoliyatini u boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Azizjon G‘aniyev ham hozircha jamoamiz safiga qo‘shilgani yo‘q. Ammo bu futbolchimiz yaqin kunlarda jamoamiz safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Hozircha G‘aniyev yaponiyalik shifokorlarning ko‘rsatmasi bo‘yicha yakka o‘zi shug‘ullanmoqda.

Muqaddam ijara asosida boshqa jamoalarda to‘p tepgan futbolchilarimiz ham mashg‘ulotlarimizga qo‘shilishgan. Bundan tashqari yangi futbolchilar ham murabbiylarimiz ko‘rigidan o‘tishmoqda. Bu futbolchilarning jamoamiz tarkibida qolish yoki qolmasligi hozircha noma’lum. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mashg‘ulotlarda o‘tgan yili o‘rinbosarlarimiz tarkibida to‘p tepib, o‘zini ko‘rsatgan ko‘plab futbolchilarimiz bor.

Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi 16 yanvar kunigacha davom ettiriladi. Shu orada futbolchilarimiz tibbiy ko‘rikdan ham o‘tishadi. 16 yanvar kuni esa Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuv Qarshida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Quyida bugungi mashg‘ulotlardan olingan suratlarni tomosha qiling.