fcnasaf.uz

  19 Sep 2018 Yangiliklar, U-14

“Nasaf” U-16 va “Nasaf” U-14 jamoalarimiz yetakchi

O‘zingizga ma’lum, Pepsi Superligasi va PRO ligasida ishtirok etayotgan klublarning tayyorlov guruhlari o‘rtasidagi, U-16 hamda U-14 jamoalari birinchilik uchrashuvlarini davom ettirishmoqda.

Ushbu birinchiliklarda murabbiylarimizdan Eldor Moyliyev, Ilyos Pardayev va Nurali Qo‘ng‘irovlar boshchiligidagi “Nasaf”ning U-16 va U-14 yosh toifasidagi ikki jamoasi qatnashmoqda. “Nasaf” futbol maktabining tarbiyalanuvchilaridan iborat ushbu jamoalarimiz o‘z hududlarida karvonboshilik qilishmoqda. Eslatib o‘tamiz, hududimizda “Nasaf”dan tashqari “Mash’al”, “Sho‘rtan”, “Qizilqum” va “Surxon” jamoalari ishtirok etishmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan “Mash’al” jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvlarda U-16 jamoamiz 5-1 hisobida, U-14 jamoamiz esa 7:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. U-16 jamoamizda gollarni Husain Norchayev (3ta), Xurshid Berdimurodov va Dilshod Berdiyevlar kiritishdi.

U-14 jamoamizda esa gollarni Shaxzod Akramov (3ta), Alisher Xayrullayev, Jonibek Beganchiyev, Zafar Samadov hamda Aziz Iskanovlar kiritishdi.

Shunday qilib, 5tadan uchrashuv o‘tkazgan jamoalarimiz to‘liq natija ko‘rsatishmoqda. Ya’ni, jamoalarimiz o‘tgan uchrashuvlarning barchasida g‘alabaga erishib, 15 ochkodan to‘plashgan va turnir jadvalida karvonboshilik qilishmoqda.

“Nasaf” klubining kelajaklari bo‘lmish o‘smirlarimizning kelgusi o‘yinlarida ham zafar tilab qolamiz.

Suratda: “Nasaf” U-16 jamoasi