fcnasaf.uz

  01 Jun 2018 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf” PFKda bolalar uchun bayram tashkil etildi

Bugun “Nasaf” PFKda bolalar uchun katta bayram tashkil etildi. 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan klubimizda bolalar uchun futbol bayrami tashkil etildi.

Ushbu bayramda nafaqat Qarshi shahridan, balki viloyatimizning turli tumanlaridan, hattoki qo‘shni viloyatlardan ham mehmonlar – bolalar futbol jamoalari tashrif buyurishdi. Bayramda 80dan oshiq turli yoshdagi bolalar futbol jamoalari ishtirok etishdi. Bayram ishtirokchilarining soni ming nafardan oshiq bo‘ldi.

“Nasaf” futbol maktabida bayramni tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Marosimda “Nasaf” PFK bosh menedjeri S.P.Kucherenko, bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev, klubimiz ma’sul xodimlari, murabbiylar va futbolchilar ham hozir bo‘lishdi.

Ochilish marosimida Ro‘ziqul Berdiyev so‘zga chiqib, bayram ishtirokchilarini qizg‘in tabrikladi va kelgusida ularga futbol bilan yaqindan oshno bo‘lishni tiladi.

Shundan so‘ng bayram ishtirokchilari murabbiylarimiz va fubolchilarimiz bilan esdalik uchun rasmlarga tushishdi. Bolajonlar uchun ayniqsa himoyachimiz, Serbiyalik futbolchimiz Slavko Lukich bilan so‘hbatlashish va birga rasmga tushish juda qiziqarli bo‘ldi. Bolajonlar uchun “Markaziy” stadionimizga sayyohatlar ham uyushtirildi.

Shuningdek Qarshi shahar yoshlar ittifoqi kengashining tashabbusi bilan ko‘pchilik yoshlarimizning faol yetakchilari ham stadionimizni tomosha qilishib, yaqindan tanishishdi.  

Bayramni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishildi. Buni  bayramda ishtirok etgan bolalarning quvonchidan ham bilish mumkin edi.

Bayram tadbirlari ertalab 8:00dan boshlangan va ayni paytda ham davom etmoqda. Bayram so‘nggida futbol uchrashuvlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham tashkil etiladi. G‘oliblarga klubimiz rahbariyati tomonidan kubok, diplomlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.