16 Nov 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar
“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuviga chipta olishga shoshiling!
Kelayotgan yakshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda oliy liga 29-turining markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda “ajdarlar” o‘zida “sherlar”ni qarshi oladi.
Bu uchrashuvning muhimligi – g‘olib jamoa kumush medal va OChL yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Shuningdek bo‘lajak uchrashuv - yil o‘yini sifatida ta’riflanmoqda.
Mazkur uchrashuv maqomiga monand qiziqarli o‘tishini oldindan bemalol aytsa bo‘ladi. Zero, o‘yin ortiqcha ta’rifga muhtoj emasligini o‘zingiz ham bilib turibsiz. Maqsadga o‘ta qolaylik.
“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvi chiptalari bugundan “Markaziy” stadion chiptaxonalari orqali sotuvga chiqariladi. Agar uchrashuvni bevosita stadionda tomosha qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, chiptani xaridga qilishga shoshiling. Aks holda armonda qolasiz.
Chipta narxlari quyidagicha:
CIP sektor – 25 000 so‘mdan
Markaziy sektorlar (1, 2, 6, 7, 8) – 10 000 so‘mdan
2-qavatdagi sektorlar (12, 13, 14, 15, 16, 17, 18) – 8 000 so‘mdan
Qolgan sektorlar (3, 4, 9, 10, 11) – 5 000 so‘mdan
Quyidagi suratda “Markaziy” stadiondagi sektorlar joylashuvini bilib olishingiz mumkin.