fcnasaf.uz

  06 Sep 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf” - “Olmaliq”. Prevyu

Futbol bo‘yicha XXVI O‘zbekiston chempionatining 20-turiga ham etib etib keldik. 7-9 sentyabr kunlari mamlakatimiz stadionlarida milliy chempionatimiz uchrashuvlari davom ettiriladi. Bu safar futbol ishqibozlari bir-biridan qiziqarli uchrashuvlarga guvoh bo‘lishadi.

“Nasaf” bu turda “Olmaliq” jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv 8 sentyabr juma kuni “Markaziy” stadionda soat 18:45da boshlanadi.

Bo‘lajak uchrashuv haqida

Bo‘lajak, “Nasaf” - “Olmaliq” uchrashuvi juda qiziqarli bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin emas. Bunga bir qancha sabablar bor.

Jamoamiz bu yilgi chempionatning o‘tgan ikkita uchrashuvida g‘alaba qozona olmadi. Shuningdek so‘nggi uchrashuvda hattoki o‘z maydonimizda ham yutqazib qo‘ydik. Endi albatta ortga yo‘l yo‘q. Murabbiylarimiz yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlab, bo‘lajak o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rishdi. Klubimizning barcha ishqibozlari o‘z sevikliklaridan g‘alaba kutishmoqda. Ishonamizki, bu safar jamoamiz o‘z ishqibozlarini albatta xursand qiladi.

“Nasaf” va “Olmaliq” jamoalari ishtirokidagi o‘tgan 19-tur uchrashuvlari terma jamoamiz o‘yinlari tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.

“Nasaf” bu yilgi chempionatda 18ta uchrashuv o‘tkazdi. Shularning yarmida g‘alabaga erishgan. Ikki  uchrashuvda durang qayd etib, qolgan etti uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Ayni paytda 29 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda.

“Olmaliq” jamoasi ham joriy chempionatda 18ta o‘yin o‘tkazgan. Raqibimiz etti uchrashuvda g‘alabaga erishgan. Yana etti uchrashuvda durang qayd etib, qolgan to‘rtta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Hozircha ular 28 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida borishmoqda. Demak, raqibimiz bizdan bir ochko kam to‘plagan.

Ana shularni e’tiborga olib, bo‘lajak o‘yinning naqadar muhim va qiziqarli ekanligini tasavvur qilavering.

Uchrashuv hakamlari

“Nasaf” - “Olmaliq” uchrashuvini FIFA referisi Olim Tolibjonov boshqaradi. Olim Tolibjonovga qanotlarda Nabiyjon Ro‘zimov va Aleksandr Burovlar yordam berishadi. Aleksandr Lupashko esa zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Uchrashuvda hakamlar ishini Alisher Abdullaev nazorat qiladi.

Mazkur uchrashuvga PFL vakili sifatida Aleksey Frolov tashrif buyuradi.

Olim Tolibjonov jamoamizning bu yilgi chempionatdagi uchrashuvlarini hali boshqargan emas. Navbatdagi uchrashuv dastlabkisi bo‘ladi.

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va “Olmaliq” jamoalari, ilk bor oliy ligada 2008 yilgi mavsumda kuch sinashgan, u paytda jamoaning nomi – OTMK edi. Ular keyingi yilgi mavsumdan boshlab o‘z nomlarini – “Olmaliq”ga almashtirishgan. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro ilk uchrashuv Qarshida bo‘lgan. Bunda kichik 1:0 hisobida jamoamiz g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi yagona golni Zafar Xolmurodov kiritgan.

Shu paytgacha mazkur jamoalar o‘zaro 19 marta kuch sinashgan. Shundan o‘nta bahsda “ajdarlar” zafar quchishgan, yana ettita o‘yinda durang natija qayd etilgan. Ikkita o‘yinda olmaliqlik futbolchilar o‘z maydonida g‘alabaga erishishgan.

To‘plar nisbati quyidagicha ko‘rinish olgan – 31:17. Ustunlik “Nasaf” jamoasida.

Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

08.08.2016. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:1

08.08.2015.  “Nasaf” - “Olmaliq” 2:0

07.11.2014.  “Nasaf” - “Olmaliq”  2:2

02.03.2013.  “Nasaf” - “Olmaliq”  2:2

01.07.2012.  “Nasaf”  - “Olmaliq”  4:2

Qarshida bo‘lib o‘tgan to‘qqiz o‘yindan ettitasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. Ikki uchrashuvda bir xil 2:2 durang hisobi qayd etilgan. Ko‘rib turganingizdek, “Olmaliq” jamoasi hanuzgacha Qarshida g‘alaba qozona olmagan. Qarshidagi so‘nggi durang natija esa 2013 yili bo‘lgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mazkur jamoalar o‘rtasida eng yirik 4:0 hisobi, 2010 yili qayd etilgan. Bu uchrashuvda Ilhom Shomurodov xet-trik muallifi bo‘lgan. Kenja To‘raev esa bitta gol kiritgan.

Ikkinchi davrada “Olmaliq” tarkibidagi o‘zgarishlar

Viktor Kumikov boshchiligidagi “Olmaliq” jamoasi murabbiylari, ikkinchi davra oldidan o‘z jamoasi tarkibiga olti nafar o‘yinchini qo‘shib olishdi. Ularning uch nafari hujumchi, ikki nafari yarim himoyachi va bir nafari himoyachidir. Jumladan, avval “Nasaf” tarkibida faoliyat yuritgan va keyingi yillar xorijda to‘p tepgan, tajribali futbolchi Lutfulla To‘raev ham endi “Olmaliq” a’zosiga aylangan.

O‘zingizga ma’lum, Viktor Kumikov ham “Nasaf” klubida 2009-2010 yilgi mavsumlarda bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Viktor Balyutovich boshchiligidagi “ajdarlar” 2009 yili o‘z tarixida beshinchi marta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi.

Jamoalar to‘purarlari

Ayni paytda to‘purarlar bo‘yicha jamoamizda Dragan Cheran karvonboshilik qilmoqda. U hozirgacha 10ta gol kiritgan. Shulardan 2tasini penalьtidan kiritgan.

“Olmaliq” jamoasining to‘purari belorusiyalik legioner himoyachisi Vladislav Kosminin hisoblanadi. Uning hisobida 3ta gol bor.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 7 sentyabr payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 17:15da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ana shu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.