16 Jan 2018 Yangiliklar, Osiyo chempionlar ligasi
“Nasaf” OChLga tarkibini taqdim etdi
Kecha, 15 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klublarning OFKga musobaqada maydonga tushishi mumkin bo‘lgan jamoa tarkibi ro‘yxatini taqdim etishning so‘nggi kuni edi. Mamlakatimiz klublari – OChL guruh o‘yinlarida ishtirok etuvchi “Lokomotiv” hamda pley-off o‘yinlarini o‘tkazuvchi “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari belgilangan muddatda o‘z tarkiblarini topshirishdi.
Musobaqa qonun-qoidasiga binoan, pley-off o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan klublar guruh o‘yinlari boshlangunga qadar tarkibiga yetti nafargacha futbolchini qo‘shimcha tarzda qo‘shib olish imkoniyatiga ega, shunda ham tarkibni tark etganlar rasmiy sabablarga ega bo‘lishi talab etiladi (jarohat olganmi, oilaviy sharoiti sababmi...)...
Quyida "Nasaf" jamlasining OChL-2018 pley-off uchrashuvida ishtirok etadigan futbolchilari ro‘yxati keltirilgan.
"Nasaf"
Darvozabonlar
35.Sanjar Quvvatov
1.Umidjon Ergashev
65.Mashxurjon Muhammadjonov
Himoyachilar
22.Igor Golban
92.Umarbek Eshmurodov
23.Murodjon Toshmatov
33.Ilhomjon Alijonov
5.G‘olib G‘aybullayev
4.Maqsud Karimov
3.Mirg‘iyos Sulaymonov
Yarim himoyachilar
21.Jahongir Aliyev
15.Dilshod Saidov
38.Akmal Mozgovoy
77.Jasur Hasanov
20.Islom Kenjaboyev
30.Xudoyorxon Sa’dullayev
27.Islom Rashidxonov
14.Sharof Muxitdinov
18.Sanjar Rashidov
42.Najmiddin Normurodov
7.Odiljon Hamrobekov
6.Azizjon G‘aniyev
17.Doniyorjon Narzullayev
Hujumchilar
69.Dragan Cheran
10.Bobur Abduxoliqov
Jamoamiz 30 yanvar kuni o‘z maydonida Iordaniyaning “Al-Faycaliy” klubini qabul qiladi.