fcnasaf.uz

  16 Nov 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf” o‘z muxlislari bilan faxrlanadi! (fotolar)

“Nasaf” klubimizning sodiq va jonkuyar muxlislari juda ko‘p. Bunday muxlislarimiz jamoamizni xoh safar, oh uy uchrashuvlari bo‘lsin yaqindan qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Biz shunday muxlislarimiz bilan doimo faxrlanamiz!

Navbatdagi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda klubimiz ishqibozlaridan juda katta narsa talab qilinadi. Bo‘lajak o‘yin oddiy o‘yin emas! Ular bu uchrashuvda har qachongidan faol bo‘lishlari, jamoamizning o‘n ikkinchi o‘yinchisi sifatida dalda bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Bugina emas, o‘yin kuni aziz muxlislarimiz mamlakatimizning boshqa hududlaridan ham tashrif buyuradigan futbol ishqibozlariga o‘zaro hurmat va ehtirom ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Biz shunday bo‘lishiga astoydil ishonamiz. To‘g‘rida! Chiroyli va qiziqarli futbol uchrashuvini, ishqbozlarning chiroyli muxlislik qilishlari bilan bezaydi.

Sevimli “Nasaf” jamoamiz bunga javoban o‘zining eng chiroyli va mazmunli o‘yinini ishqibozlarga  taqdim etadi. Uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun bor mahorati va kuchini tashlaydi. Futbolchilarimiz, murabbiylarimizning, xullas klubning bor diqqat e’tibori ushbu o‘yinga qaratilgan. Bunga aslo shubha qilmang! 

“Nasaf” o‘z muxlislari uchun o‘ynaydi!

Shunday ekan, barcha jamoamiz muxlislarini har qachongidanda faol bo‘lishlarini va “Markaziy” stadionimizga tashrif buyurib, chiroyli ishqibozlik qilishlarini kutib qolamiz.

Aziz va qadrli klubimiz muxlislari biz SIZLAR bilan faxrlanamiz!

Quyida muxlislarimiz faoliyatiga oid ayrim fotolarni tomosha qiling.