fcnasaf.uz

  03 Oct 2018 Yangiliklar, Akademiya

“Nasaf”ning U-14 va U-16 jamoalari keyingi bosqichda!

Bu yil Superliga va Proliga tayyorlov guruhlarining  U-14 va U-16 yosh toifasidagi Respublika birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu birinchilikda futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilaridan iborat ikkita jamoamiz ishtirok etmoqda. U-16  jamoamizga Eldor Moyliyev va Ilyos Pardayevlar murabbiylik qilishsa,  U-14  jamoamizga  Eldor Moyliyev va Nurali Qo‘ng‘irovlar ustozlik qilishadi.

Ushbu yosh toifasidagi jamoalarimiz bugun Termizda 6-tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

U-16 jamomiz “Surxon” klubining ushbu toifadagi jamoasini yirik 6:1 hisobida mag‘lub etishdi. Uchrashuvdagi gollarni Husain Norchayev (2ta), Dilshod Berdiyev (2ta), Mirjalol Qosimov va Jasur Shodmonqulovlar kiritishdi.

U-14 jamoamiz esa termizlik tenqurlari ustidan  4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu uchrashuvdagi gollarni Aziz Iskanov (3ta) va  Alisher Xayrullayevlar kiritishdi.

O‘zingizga ma’lum, ushbu yosh toifasidagi jamoalar o‘rtasidagi birinchilikning dastlabki bosqichi  hududiy tarzda tashkil etilgan. Jamoalarimiz qatnashayotgan hududda yana “Mash’al”, “Sho‘rtan”, “Surxon” va  “Qizilqum” klublarining jamoalari bor.

“Nasaf” klubining har ikkala yosh toifasidagi jamoalari bugungi g‘alabalaridan so‘ng muddatidan avval keyingi bosqich taqdirini hal qilishdi. Keyingi uchrashuvlarning natijasi bunga ta’sir qilmaydi.

Ammo dastlabki bosqich uchrashuvlari hali davom etmoqda. Jamoalarimiz 5 oktyabr kuni o‘z maydonida “Sho‘rtan” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvlar ertalab soat 08:00 va 10:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, U-16 jamoamiz yaqinda Toshkentda o‘tkazilgan 5 yosh toifasidagi Respublika musobaqasida, viloyatimiz nomidan ishitrok etishib chempionlikni qo‘lga kiritishdi.