fcnasaf.uz

  27 Feb 2021 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf”ga kumush medallari topshirildi

Oʻzingizga maʼlum sevimli jamoamiz Coca-Cola Superligasi 2020 yilgi mavsumida eng yosh jamoa boʻlishiga qaramay mavsumni ikkinchi oʻrin bilan yakunlab kumush medallarini qoʻlga kiritgan edi.

Bugun Qarshi shahridagi Yoshlar markazi anjumanlar zalida Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat rahbarlari, bosh homiyimiz “Shoʻrtangaz-kimyo majmuasi” rahbariyati, jamoamizning sodiq muxlislari yigʻilishdi va jamoamiz murabbiylari va futbolchilarga 2020 yilgi Superliga uchun kumush medallari topshirildi.

Marosim davomida oʻtgan mavsumda jamoamiz tarkibida eng faol harakat qilgan futbolchilar turli nominatsiyalarda taqdirlanishdi:

Husniddin Aliqulov — Eng yosh umidli futbolchi;

Bobir Abdixoliqov — Jamoa toʻpurari;

Oybek Bozorov — Eng yaxshi yarim himoyachi;

Marko Stanoyevich — Eng yaxshi futbolchi;

Umarbek Eshmurodov — Eng yaxshi himoyachi;

Abduvohid Neʼmatov — Eng yaxshi darvozabon.