fcnasaf.uz

  27 Dec 2016 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf”ga bronza medallari topshirildi

“Nasaf” professional futbol klubi qarorgohi restoranida futbolchilarimizga O‘zbekiston chempionati bronza medallarini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy mavsumda “Nasaf” jamoasi o‘z tarixida o‘ninchi marta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoamiz ketma-ket to‘rtinchi marta ana shunday yutuqni qo‘lga kiritmoqda. Bu yutuqlarni qo‘lga kiritilishida klubimizning nafaqat murabbiylari yoki futbolchilarining balki har bir ishchi xodimining, klub muassisi  “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyatining beqiyos hissasi bor.

Tanatanali marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol federatsiyasi prezidenti, senator Z.Sh.Ro‘ziyev, viloyat hokimligi vakillari, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning O.Sh.Temirov boshchiligidagi rahbar xodimlari, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori F.A.Magometov, OAVlari vakillari, klubimizning bir guruh faol muxlislari, taniqli jurnalistlar va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol federatsiyaisi prezidenti, senator Zafar Sharopovich Ro‘ziyev Nasaf” futbol klubi rahbariyatini va murabbiylarni hamda barcha futbolchilarni  qo‘lga kiritilgan yutuq bilan, hamda klub tashkil bo‘lganining 30 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Marosimda “Nasaf” PFKning rahbar xodimlari va murabbiylari hamda futbolchilari Qashqadaryo viloyati hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Klub prezidenti O.Sh.Temirov, klub bosh menedjeri Sh.S.Yarulin, klub sport direktori V.N.Ni, jamoa bosh murabbiyi R.S.Beridev, jamoa katta ma’muri A.Turdiqulov, o‘rinbosarlarimiz jamoasi murabbiyi Z.Xolmurodov, futbol maktabi direktori S.Kucherenko, murabbiy N.Sultonov, futbolchilardan Sh.A’zamov, M.Karimov va Sh.Muhammadiyevlarga faxriy yorliqlarni viloyatimiz hokimligining rahbar xodimlari topshirishdi.

Marosimda futbolchi va murabbiylarga O‘zbekiston chempionatining bronza medallari tanatanali ravishda topshirildi. Bronza medallarini F.A.Magometov, klub prezidenti O.Sh.Temirov, “Nasaf” PFK bosh menedjeri Sh.S.Yarulinlar topshirishdi. F.Magometov klubimizni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

Tanatanali kechada shuningdek “Nasaf” PFK bosh hoimiysi – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori, klub prezidenti O.Sh.Temirov so‘zga chiqib, futbolchilarni, murabbiylarni va klubimizning barcha xodimlarini qo‘lga kiritilgan yutuq bilan hamda 30 yillik yubiley bilan samimiy muborakbod etdi.

Taqdirlash marosimda “Nasaf” PFK tomonidan tashkil etilgan  bir qancha nominatsiyalar o‘z sohiblariga topshirildi. Nominantlar e’lon qilinishidan avval klub matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish qilindi.

“Nasaf” jamoasining umidli futbolchisi” nominatsiyasi sohibi, jamoamizning yosh darvozaboni Umidjon Ergashevga topshirildi. Sovrinni “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori o‘rinbosari F.Quvvatov topshirdi.

“Yil kashfiyoti” sovrini Bobir Abduholiqovga, “Yilning eng yaxshi himoyachisi” sovrini Farruh Sayfiyevga, “Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi” sovrini Fozil Musayevga topshirildi. “Yilning eng yaxshi hujumchisi” sovrini sohibi Dragan Cheran bo‘ldi.

Tanatanali kechada qo‘lga kiritilgan yutuqlarga o‘zlarining mehnatlari orqali hissa qo‘shgan ko‘pdan-ko‘p kishilarga tashakkurnomalar va esdalik soqg‘alari ham topshirildi. Ana shunday tashakkurnomalar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, o‘zbek futbol jurnalistlarining ustozi, taniqli futbol sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayevga va Toshkent shahridan tashrif buyurgan bir guruh jurnalistlarga, Qashqadaryo Teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari, jurnalist Jahongir To‘ychiyevga, “Nasaf” PFK muxlislar klubi yetakchisi – O‘ktam Uzoqovga, championat.asia futbol portali rahbari – Nodir Yuldashevlarga topshirildi.

Tantanali marosim yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.