fcnasaf.uz

  14 Feb 2020 Yangiliklar, Akademiya

“Nasaf” futbol maktabi ham ikki yulduzli akademiya maqomini oldi

2019-yilning 29-oktyabr sanasida OFKning ishchi guruhi yurtimizga tashrif buyurib, “Bunyodkor” futbol akademiyasining bugungi faoliyati yaqindan tanishgandi. Undan tashqari ishchi guruh “Nasaf” futbol maktabining faoliyatini oʻrgandi.

Oʻzingizga maʼlum, futbol maktabimiz bosh jamoamiz hamda yurtimizning turli yoshlardagi terma jamoalariga futbolchilar yetkazib bermoqda. Bunga birgina misol qilib Tailand davlatida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan toʻqqiz nafar futbolchilarimizni keltirib oʻtishimiz mumkin. Bular: Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqov, Sherzod Nasrullayev, Azizjon Gʻaniyev, Sharof Muhitdinov, Abduvohid Neʼmatov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboyev, Ilhom Alijonovlar.

4-fevral kuni OFK “Nasaf” hamda “Bunyodkor” akademiyalariga ikki yulduzli, Andijon futbol maktabiga bir yulduzli maqomi berilganligi boʻyicha rasmiy hujjatni eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, Osiyo davlatlari orasida uch yulduzli maqomga faqatgina Qatar davlatining “Espayr” akademiyasi ushbu maqomga ega hisoblanadi.