fcnasaf.uz

  10 Nov 2016

«NASAF» FUTBOL KLUBI TARIXI

Jamoa mamlakat oliy ligasida 1997 yildan beri ishtirok etadi.

Erishgan yutuqlari:

O‘zbekiston chempionatining oliy ligasida o‘n marotaba (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015 yillar) bronza medali sovrindori.

O‘zbekiston vitse-chempioni, kumush medal sohibi (2011).

O‘zbekiston kubogi ( 2003y, 2011y. 2012, 2013, 2015 y.) finalchisi.

O‘zbekiston kubogi (2015) sohibi.  

O‘zbekiston superkubogi (2016) sohibi.

Osiyo chempionlari kubogi (2002 yil) yarim finalchisi, OFKning «Halol o‘yin uchun» sovrini (2002 yil) sohibi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi sohibi (2011), musobaqaning “Halol o‘yin uchun” sovrini egasi.

Osiyo chempionalar ligasi ishtirokchisi -  2012, 2013, 2015 va 2016 yillar.

Jamoa tarkibida eng ko‘p maydonga chiqqan o‘yinchi — Ro‘ziqul Berdiev (314 marotaba).

Jamoaning eng yaxshi to‘purari — Zafar Xolmurodov (181 ta).

Bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi— Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000 yil).

Eng yirik g‘alabasi — 7:0 («Metallurg» Bekobod, 2004 yil), 8:1 («Andijon», 2004 yil).

Eng yirik mag‘lubiyati — 0:6 («Andijon», 1998 yil).

Oliy ligada jami 588 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shundan 330tasida g‘alaba qozongan, 112ta durang va 146ta mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati 1068-667.  

Xo‘sh qarshilik futbolchilar oliy ligada qachon va qay tariqa paydo bo‘lishgan? Barchaga ma’lumki, odatda har bir mamlakatning har qanday jamoasi yuqori ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun dastlab undan bir pog‘ona pastdagi tabaqada g‘olib chiqishi lozim bo‘lgan. Ammo boshqa jamoalardan farqli ravishda «Nasaf» o‘ziga xos uslubda oliyda paydo bo‘lgan. Gap shundaki, 1994 yilda qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning «Mash’al» jamoasi birinchi ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ammo yosh, tajribasiz, asosan mahalliy yigitlardan tashkil topgan jamoa ikki yil bir amallab oliy ligada o‘z o‘rnini saqlab qoldi. O‘sha tarkibda hozirda barcha yaxshi taniydigan Asror Aliqulov, Anvar Berdiev, Oleg Qahhorov singari charm to‘p ustalari harakat qilishgan. 1997 viloyat rahbariyatining sa’y-harakati bilan «Mash’al» oliy ligadagi o‘z o‘rnini «Nasaf»ga bo‘shatib berdi. Bungacha birinchi ligada qarshi shahri sharafini «Dinamo-Nasaf» (Avvalgi nomlari «Geolog», «Nasaf») jamoasi himoya qilib kelardi. «Mash’al» esa birinchi tabaqada «Dinamo-Nasaf» o‘rnini egalladi.

Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi o‘zaro rokirovkasidan so‘ng 1997 yilgi mavsumdan boshlab «Nasaf»ning oliy ligadagi faoliyati boshlandi. O‘sha yili qarshidagi «Mehnat» stadioni qayta rekonstruktsiya qilinib, «Nasaf» markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.

1998 yilgi mavsumda ham «Nasaf» yanada yuqorilashda davom etdi. Garchi «Andijon»dan qabul qilingan qaqshatqich (0:6) mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov iste’foga chiqqan bo‘lsada, uning adashi Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi bo‘lib etib keldi. Ammo o‘zining uchinchi mavsumini klub o‘z tarixidagi hozirgacha eng yomon natija - 11-o‘rin bilan yakunladi. O‘sha 1999-yilgi omadsizlikdan keyin jamoada tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qo‘qonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qo‘l ostida «Nasaf» birin-ketin o‘z tarixidagi eng yuqori cho‘qqilarni zabt eta boshladi. XX asrning ilk yillaridayoq «Nasaf» chempionatimizda peshqadamlardan umuman hayiqmaydigan jamoa sifatida gavdalandi. qarshida o‘tgan bellashuvlarda amaldagi chempion «Do‘stlik» va “Neftchi”, “Navbahor”u «Paxtakor» ham mag‘lubiyat alamini tatib ortlariga qaytishdi.. O‘sha yili jamoa chempionatda 85 ochko to‘plab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pog‘onada yakunladi. Bu qarshiliklarning oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. Jamoa hujumchisi Zafar Xolmurodov ham chempionat to‘purarlari bahsida jamoasi singari «bronza» pog‘onani band etdi. Jamoa raqiblari darvozasini 92 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, shu gollarning salkam uchdan bir qismiga Xolmurodov mualliflik qildi. 2001 yilgi mavsumda ham «Nasaf» yana bronza medalini o‘z muzeyiga olib ketdi.

2001-2002 yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish «Nasaf»ning chekiga tushdi. «Do‘stlik» va «Neftchi» jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa «Nasaf»ga yuklandi. Va qarshilik futbolchilar o‘shanda qit’ada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. «Nasaf»chilar mamlakatimiz jamoalari orasida «Neftchi»dan keyin qit’aning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar etib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qit’a turnirida to‘rtinchi pog‘onani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. O‘zbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar etib keldi va “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘ldi (1:3).

2003-2004 yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom Hakimovning «Nasaf»dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga etdi. 2005 yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga olgach, qarshiliklar birinchi davrani birinchi pog‘onada yakunlashdi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor bo‘ldi. 2006 yili Bahrom Hakimov yana “Nasaf”ga qaytdi va jamoa bilan to‘rtinchi marta bronzani qo‘lga kiritdi.

Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning o‘zagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan bo‘lsada, baribir vaqt o‘z hukmini o‘tkaza boshladi. Natijada 2007 yili ikkinchi davrani Fomichyov qo‘l ostida o‘tkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi.. 2008 yilgi mavsumda esa «Nasaf» 9 – o‘rin bilan cheklandi. Natijada yil oxiriga  kelib klub rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. «Nasaf»ni oliy ligadagi muvaffaqiyatlariga tamal toshini qo‘ygan Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Nafaqat Qashqadaryoda, balki mamlakatimizdagi etakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblangan “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi klub muassisi va bosh homiysi qilib belgilandi.

2009 yilda Viktor Kumikov qo‘l ostida “Nasaf” futbolchilari mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, uch yillik tanaffusdan keyin beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi. Mavsum-2010 da esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Vasilьevich Demьyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana – 3-o‘rin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klub qoshida futbol akademiyasi ish boshladi va o‘zining ilk kurtaklarini berdi. Unga ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994 - 1995 yilda tug‘ilgan) o‘z tengqurlari orasida 2010 yili mamlakat chempioniga aylandi.

 2011 yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar oldiga bir yo‘la uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, O‘zbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo‘yildi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qo‘l ostida qarshilik futbolchilar 2011 yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qo‘lga kiritishdi.

“Nasaf” 2012 yilgi futbol mavsumini yangi murabbiy qo‘l ostida boshladi. Jamoada ancha yillar to‘p surgan va jamoaning haqiqiy etakchisi hamda keyingi uch yilda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan  Ro‘ziqul Berdiev boshqaruviga o‘tdi. Jamoamizning Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki ham muvaffaqiyatsiz kechdi. Ro‘ziqul Berdiev  mavsumning birinchi davrasi yakunlanmasdan turib, bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilinadi. Mavsum oxiriga kelib, uning o‘rnida faoliyat yuritgan murabbiyning ishidan qoniqmagan klubimiz rahbariyati yana jamoa boshqaruvini Berdievga topshirishadi. Shu yili jamoamiz chempionatni 4-pog‘onada yakunlashdi. O‘zbekiston Kubogi finalida esa Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

2013 yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan jamoamiz mavsum oxiriga kelib, peshqadamlar safidan joy oldi. Shu yili jamoamiz yana bronza sovrini sohibiga aylandi va o‘z tarixida to‘rtinchi marta O‘zbekiston Kubogi finalchisiga aylandi. Ammo finalda Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga yutqazib (2:1) qo‘ygan jamoamiz billur sovringa egalik qila olmadi. Shu yilgi mavsum yakuni bo‘yicha Ro‘ziqul Berdiev mamlakatimizning “Eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasi bo‘yicha yil laureatiga aylandi. Jaomamiz shuningdek Osiyo chempionlar ligasini pleyy-offda boshlaydigan bo‘ldi.

Afsuski, 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi  pley-off uchrashuvi jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Jaomamiz safarda Qatarning “Al-Jaish” klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va asosiy e’tiborini ichki chempionatga qaratdi. Natijada “Nasaf” o‘z tarixida sakkizinchi marotaba bronza meddallarini qo‘lga kiritdi. 

2015 yilgi futbol mavsumi klubimiz tarixida o‘chmas iz qoldiradigan bo‘ldi. Ya’ni “Nasaf” o‘z tarixida beshinchi marta O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqib, 17 oktyabr kuni Jizzix shahrida o‘tkazilgan final uchrashuvida Toshkentning  “Bunyodkor” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Chempionat yakuni bo‘yicha to‘qqizinchi marotaba bronza sovrindoriga aylandi.

2016 yilgi futbol mavsumi ham jamoamiz uchun omadli boshlandi. “Nasaf” klubi 2016 yil 17 fevral kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvida, amaldagi mamlakat chempioni Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi.