fcnasaf.uz

  24 Dec 2018 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf” FM murabbiylariga yangi litsenziyalar topshirildi

Qashqadaryo viloyatida, jumladan “Nasaf” futbol maktabimizda faoliyat yuritayotgan murabbiylarga OFKning “V” toifasidagi litsenziyalari topshirildi. Tadbir “Nasaf” FMda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi texnik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Imomov, klubimiz bosh menedjeri S.P.Kucherenko, jamoamiz bosh  murabbiyi R.S.Berdiyevlar ham hozir bo‘lishdi.

Futbol maktabimiz murabbiylaridan  Umirqul  Rahmatullayev, Pavel Kshnyakin, Jasur Ibragimov, Ozod Berdiyev, Nurali Qung‘irov, Dilmurod Po‘latov va Jamshid Azizovlarga  mazkur toifali litsenziyalar topshirildi. Yana bir murabbiyimiz Eldor Moyliyevga esa OFKning “A” litsenziyasi topshirildi.

Murabbiylarga ushbu litsenziyalarni Shavkat Imomov, S.P.Kucherenko va R.S.Berdiyevlar topshirishdi.

Murabbiylarimizni yangi litsenziyalarga ega bo‘lishgani bilan samimiy tabriklaymiz va ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tadbir jarayoni quyidagi suratlarda aks ettirilgan