fcnasaf.uz

  22 Dec 2018 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

“Nasaf” FM bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Avval xabar berganimizdek, bugun futbol maktabimizda murabbiylarimiz Eldor Moyliyev hamda Ilyos Pardayevlar qo‘l ostida shug‘ullangan, 2002 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarimizning bitiruv kechasi o‘tkazildi.

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” futbol maktabi 2009 yildan buyon faoliyat yuritadi. Bugunga kelib, futbol maktabimiz, mamlakatimizdagi mavjud futbol maktablari orasida yetakchi o‘rinlar qatoriga qo‘shildi. Har yili futbol maktabimizni ko‘plab yosh futbolchilar bitirib chiqishmoqda. Ular professional futbolchi sifatida nafaqat “Nasaf” jamoasida balki yurtimizdagi ko‘plab jamolarda to‘p tepishmoqda. Bu yilgi bitiruvchilarimiz futbol maktabimizning oltinchi “qaldirg‘ochlar”i bo‘lishdi

Shuni alohida ta’kidlash joizki, birgina asosiy tarkib jamoamizda 14 nafar ana shunday futbol maktabimizda yetishib chiqqan futbolchilar to‘p tepishmoqda.

Endi ular orasida mamlakatimiz terma jamoalarida ham yurtimiz sharafini himoya qilayotganlar ko‘payib bormoqda.  

Bugungi bitiruvchilarimizdan iborat jamoamiz joriy yilda qator Respublika miqiyosida o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni ham qo‘lga kiritishdi. Jumladan, O‘FA tomonidan Toshkentda tashkil etilgan beshta yosh toifasidagi viloyat terma jamoalari o‘rtasidagi Respublika musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Tarbiyalanuvchilarimizdan  Husain Norchayev mazkur musobaqa to‘purari, yosh darvozabonimiz Roman Rahimov esa musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etildilar.

Bundan tashqari shu yili o‘tkazilgan Superliga va PRO-liga klublarining tayyorlov guruhlari o‘rtasidagi musobaqada ham yosh futbolchilarimiz tenqurlari o‘rtasida tengsiz bo‘lishdi.

Bugun ushbu yosh toifasidagi yosh futbolchilarimizga diplomlar va klubimiz nomidan esdalik sovg‘alari, tantanali ravishda topshirildi.

Bitiruv kechasida klubimiz rahbariyati, murabbiylarimiz, ota-onalar va jurnalistlar hozir bo‘lishdi.

Bitiruvchilarimizni “Nasaf” PFK bosh menedjeri S.P.Kucherenko qizg‘in muborakbod etdi va yosh futbolchilarimizga professional futbolda oq yo‘l tiladi.

-Biz uchun bu yil qiyin yil bo‘ldi. Ammo ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan ba’zi yutuqlarga ega bo‘ldik. Shuni alohida ta’kidlashni hohlardimki, Ro‘ziqul Sa’dullayevich boshchiligdagi bosh jamoamiz mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, muxlislarga manzur bo‘ladigan o‘yinlar namoyish etishdi. Men alohida minnatdorchilik orqali aytishni hohlardimki, aynan Ro‘ziqul Sa’dullayevichni e’tibori tufayli futbol maktabimizdan yetishib chiqqan ko‘pgina yosh futbolchilarimiz Superligada professional futbol havosidan bahramand bo‘lishdi, ishqibozlar nazariga tushishdi. Bu e’tirofga loyiq holat deb, bilaman. Bugungi bitiruchilarimizga professional futbolda oq yo‘l tilayman. Biz sizlarni hali qo‘yib yubormaymiz. Kelasi yil klubimiz sharafini tegishli musobaqalarda himoya qilasizlar. Sizlarni sinashda davom etamiz. Umid qilamanki, oralaringizdan asosiy tarkibimizda, mamlakatimiz terma jamoalarida to‘p tepadiganlar bo‘ladi. Bu borada hammalaringizga omad va zafarlar tilab qolaman, - deydi Sergey Petrovich.

Futbol maktabimizning direktori V.V.Poddubniy ham so‘z olib bitiruvchilarimizni tabrikladi va ularga katta futbolda muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek bitiruvchilarimizni “Nasaf” klubi katta murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov hamda futbolchimiz Umarbek Eshmurodovlar ham samimiy tabriklashdi.

Shundan so‘ng bitiruvchilarimizga maktabimiz diplomi, esdalik sovg‘alari va bu yilgi musobaqalardagi g‘oliblik diplomlari ham tantanali topshirildi.

Bitiruv kechasida ota-onalar nomidan Baxtiyor Norqobilov ham so‘zga chiqib, klubimiz rahbariyatiga, murabbiylarimizga minnatdorchilik izhor etdi.

Bitiruv kechasi tantanali va mazmunli o‘tdi.

Bitiruv kechasi fotogalereyasini saytimiz orqali tomosha qiling.