fcnasaf.uz

  17 Nov 2017 Yangiliklar, Akademiya

“Nasaf” FM bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Bugun “Nasaf” futbol maktabining 2001 yilda tug‘ilgan bitiruvchilariga diplomlar topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” futbol maktabi 2009 yildan buyon faoliyat yuritadi. Bugunga kelib, futbol maktabimiz, mamlakatimizdagi mavjud futbol maktablari orasida yetakchi o‘rinlar qatoriga qo‘shildi. Har yili futbol maktabimizni ko‘plab yosh futbolchilar bitirib chiqishmoqda. Ular professional futbolchi sifatida nafaqat “Nasaf” jamoasida balki yurtimizdagi ko‘plab jamolarda to‘p tepishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, endilikda ular orasida mamlakatimizning turli yoshdagi terma jamoalari safida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan futbolchilar bor.

Bunday bitiruvchilarimizdan ayni paytda “Nasaf” klubi sharafini munosib himoya qilayotgan Bobir Abduxoliqov, Azizjon G‘aniyev, Doniyorjon Narzullayev, Sharof Muhitdinov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Islom Rashidxonov, Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev kabilarni misol keltirishimiz mumkin.

Birinchi liga va o‘rinbosarlarimiz jamoalari futbolchilari asosan maktabimiz tarbiyalanuvchilaridan tashkil etilgani  ham e’tiborga loyiq.

 “Nasaf” futbol maktabida Sergey Petrovich Kucherenko boshchiligdagi ustoz va murabbiylarimiz yosh futbolchilarimizga dastlabki futbol sirlarini o‘rgatish bilan birga, ularga yaxshi tarbiya ham berib kelishmoqda. Ularning mehnati va sa’y-harakatlari ham maqtovga loyiq.

Bugungi tanatanali yig‘ilishda “Nasaf” PFK bosh menedjeri Sh.S. Yarulin, “Nasaf” PFK sport direktori V.N.Ni hamda “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi R.S.Berdiyev, futbol maktabimiz direktori Kucherenko S.P.lar ishtirok etishdi. Ular  bitiruvchilarimizni bugungi quvonchli kun bilan tabriklab, ularga diplomlar, va esjalik  sovg‘alari topshirishdi.

Marosim so‘nggida Abduvohid Ne’matov so‘zga chiqib, bitiruvchilarimiz nomidan klubimiz rahbariyatiga, maktabimizning ustoz murabbiylariga tashakkurlar bildirdi.

Shuningdek tantanali marosimda ota-onalar, futbol maktabimiz murabbiylari va tarbiyalanuvchilari ham hozir bo‘lishdi.  

Bitiruv marosimi chiroyli va mazmunli o‘tdi.

Tantanali marosimdan olingan suratlarni mana bu havola orqali tomosha qiling.