27 May 2019 Yangiliklar, Akademiya
“Nasaf” FKda bolalar uchun futbol bayrami tashkil etiladi
“Nasaf” futbol klubi o`z an’anasiga sodiq qolgan holda bu yil ham 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlangan futbol festivali tashkil qiladi. Ushbu musobaqada 2007-2008 yillarda topgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. Futbol maktabimiz murabbiylari musobaqa ishtirokchilarini kuzatishadi. Musobaqada o`zini kursata olgan iqtidor egalarini kelgusida futbol sir-asrorlarini yanada yaxshiroq o`rganishlari uchun “Nasaf” futbol maktabiga taklif qilinadi.
Eslatib o`tamiz, futbol festivali 1-iyun kuni soat 08:00 da boshlanadi.