fcnasaf.uz

  24 Sep 2017 Yangiliklar, Uzbekiston Birinchiligi

“Nasaf-2” o‘z maydonida “Orol”ni mag‘lub etdi

Bugun “Nasaf-2” jamoamiz o‘z maydonida O‘zbekiston Birinchiligi 27-tur doirasidagi uchrashuvni Nukusning “Orol” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvning boshidan tashabbusga ega bo‘lgan jamoamiz tez-tez “Orol” jamoasi darvozasiga xavf solib turdi. Albatta bu orqali gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarni ham yaratishdi. Ammo birinchi bo‘limda futbolchilarimizda gol urish uchun aniqlik yetishmadi.

Shu o‘rinda “Orol” jamoasining posboni Eldor Shuhratbekovning mahoratini e’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q. U ko‘pgina vaziyatlarda aniq harakatlari bilan o‘z jamoasini muqarrar gollardan asrab qoldi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim dastlabki bo‘limga qaraganda ancha qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Maydonda harakat qilgan futbolchilar to‘p uchun kurashda bir-birlarini aslo ayashmadi. Shu bois o‘yinda tez-tez to‘xtalishlar ham bo‘lib turdi.

Ikkinchi bo‘lim ikkinchi yarmida mehmonlar maydonda ustunlikka erishdilar. Ular ham gol urish uchun vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Bu vaziyatlarda himoyachilarimiz va ayniqsa darvozabonimiz yaxshi o‘yin namoyish etishdi va o‘z darvozasining dahlsizligini saqlay olishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti nihoyasiga yetganda ham tabloda 0:0 hisobi saqlanib turdi. O‘yindagi ko‘plab to‘xtalishlarni hisobga olib, uchrashuv hakami tomonidan ikkinchi bo‘limga olti daqiqa qo‘shib berildi.

Bu olti daqiqada ham har ikkala jamoa bir necha bor raqiblari darvozasi tomon xavfli hujumlar uyushtirishga erishdilar. Uchrashuvning so‘nggi soniyasida tezlik bilan mehmonlar jarima maydonchasiga kirib borgan Ilhomjon Alijonovni “Orol” vakili to‘xtatib qoldi. Uchrashuv hakami mehmonlar darvozasiga 11 metrlik jarima to‘pi tepishni ko‘rsatdi. Jarimani Dilshod Saitov golga aylantirdi – 1:0.

Shunday qilib, “Nasaf-2” uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoamiz navbatdagi 28-tur uchrashuvini 28 sentyabr kuni  yana o‘z maydonida o‘tkazadi. Bu safar “Xorazm” jamoasi mehmon bo‘ladi.

O‘zbekiston Birinchiligi, 27-tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Orol” (Nukus) 1:0 (0:0)

24.09.2017. “Nasaf” FM maydoni. 16:30

Bosh hakam: Shuhrat Rajabov (Buxoro)

Qanot hakamlari: Abdurashid Xudoyberdiyev (Toshkent), Jaloliddin Husnitdinov (Toshkent)

Zaxira hakami: Ravshan Abduvohidov (Qarshi)

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)

Gol: Dilshod Saitov (pen.), 90+6’-1:0

“Nasaf-2”: 30.Amir Lutfullayev, 5.Otabek Komiljonov, 7.Dilshod Saitov, 10.Xudoyorxon Sagdullayev, 14.Dostonbek Berdiqulov, 15.Shaxboz Erkinov (8.Shoxmalik Komilov 59), 16.Naro‘zjon Izatillayev, 27.Mirzabek Joniqulov (19.Orifjon Murodov 46), 31.Sherzod Nasrullayev, 38.Ilhomjon Alijonov (s), 42.Samandar Shukrullayev.

Zaxira: 65.Elshod Qodirov, 6.Alpomish Mirov, 18.Muhammadjon Hamroqulov, 22.Abdulla Miyassarov, 33.Farruh Absalomov.

“Orol”: 1.Eldor Shuhratbekov, 4.Rasul Musayev, 5.Shariyar  Qarshiboyev, 7.Miras Qarliboyev, 8.Javlon Primbetov (12.Bobur Allaqulov 90+2), 10.Oybek Ro‘zimov (6.Naro‘zbek Xaipov 65), 13.Albert Sdikov (14.Ruslan Mennimuratov 60), 17.Damir Nizanov, 18.Islombek Seytnazarov (s), 19.Kudiyar Yeraliyev, 20.Maqsud Kannazarov.

Zaxira: 16.Aybek Shamshetov, 11.Botir Yangiboyev.