fcnasaf.uz

  27 Sep 2017 Yangiliklar, Uzbekiston Birinchiligi

“Nasaf-2” bu safar “Xorazm” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun O‘zbekiston Birinchiligi 28-tur doirasidagi “Nasaf-2” – “Xorazm” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida tashabbusga ega bo‘lgan “Xorazm” jamoasi 9-daqiqada hisobda ham oldinga o‘tib oldi. Golga Sardorbek Matmurodov mualliflik qildi – 0:1.

Bu goldan keyin “Nasaf-2” jamoamiz ham hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlandi. Vaqt o‘tgan sayin ular katta bosim bilan hujumlarga zo‘r berishdi.  Albatta bu o‘z samarasini  berdi. 34-daqiqada Shaxboz Erkinov hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1.

Birinchi bo‘lim oxirlashib borayotgan bir paytda, ya’ni 41-daqiqada Mirzabek Joniqulov hisobda jamoamizni oldinga olib chiqdi – 2:1.

Birinchi bo‘lim ana shu hisob bilan yakuniga yetdi.

Ikkinchi  bo‘lim ham kurashlarga boy bo‘ldi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Navro‘zjon Izatillayev hisobni yiriklashtirdi – 3:1

Albatta bu hisobdan keyin ham jamoamiz maydonda ustunlikni ushlab turdi. Ammo ikkinchi bo‘limning so‘nggi soniyasida ular o‘z darvozalaridan gol o‘tkazib yubordilar. Bunda “Xorazm” o‘yinchisi Timur Bekjanov o‘z jamoasining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi – 3:2.

Shunday qilib, “Nasaf-2” jamoamiz o‘z maydonida o‘tkazgan ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham g‘alaba qozondi va o‘z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo‘ydi.

Endi “Nasaf-2” keyingi ikki tur uchrashuvini safarda o‘tkazadi.

O‘zbekiston Birinchiligi, 28-tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Xorazm” (Urganch) 3:2 (2:1)

27.09.2017. “Nasaf” FM maydoni. 16:30da

Bosh hakam:: Rustam  Lutfulin (Toshkent)

Qanot hakamlari: Shavkatjon Fayziyev (Jizzax), Doniyor Ubaydullayev (Guliston)

Zaxira hakami: Artyom Kalinin (Qarshi)

Nazoratchi: Andrey Tambovsev (Toshkent).

Gollar: Shaxboz Erkinov, 34’-1:1, Mirzabek Joniqulov, 41’-2:1, Navro‘zjon Izatillayev, 53’-3:1 – Sardorbek Matmurotov, 9’-0:1, Timur Bekjanov, 90+3’-3:2

“Nasaf-2”: 30.Amir Lutfullayev, 5.Otabek Komiljonov, 7.Dilshod Saitov (22.Elbek Otaqulov 59), 10.Xudoyorxon Sagdullayev (8.Shoxmalik Komilov 76), 14.Dostonbek Berdiqulov, 15.Shaxboz Erkinov (33.Muhammadjon Hamroqulov 64), 16. Navro‘zjon Izatillayev, 27.Mirzabek Joniqulov, 31.Sherzod Nasrullayev (45.Orifjon Murodov 68), 38.Ilhomjon Alijonov (s) (18.Jahongir Halimov 88), 42.Samandar Shukrullayev.

Zaxira: 25.Elshod Qodirov, 6.Timur Nabiyev.

“Xorazm”: 35.G‘ayratjon Udayev (s), 3.Rafiq Karimov (2.Baxtishod Yo‘ldoshev 87), 4.Ulug‘bek Xudoyberdiyev, 5.Ravshanbek Sultonov, 8.Abdumalik Toshpo‘latov, 11.Sardorbek Matmurotov, 10.Timurbek Bekjanov, 12.Jasurbek Otajonov, 13.Muhammadqodir Rahimberganov (16.Ne’matjon Madaminov 61), 15.Zohid Raupov, 17.Yerbal Seyitnazarov (7.Timurbek Ismoilov 75).

Zaxira: 30.Amirbek Yo‘ldashev, 9.Siroj Ro‘zmetov, 14.Asadbek Mambetov.

Ogohlantirish: Otabek Komiljonov (51) - Abdumalik Toshpo‘latov (48), Ulug‘bek Xudoyberdiyev (80)