fcnasaf.uz

  01 Nov 2017 Yangiliklar, Uzbekiston Birinchiligi

“Nasaf-2” birinchilikni durang bilan yakunladi

Bugun “Nasaf-2” jamoamiz XXVI O‘zbekiston Birinchiligining so‘ngi uchrashuvida maydonga tushdi. Jamoamiz Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasi bilan bahs yuritdi.

Uchrashuv jamoamiz ustunligida boshlangan bo‘lsada, tashkil etilgan hujumlar samarasiz yakunlanaverdi. Futbolchilarimiz ko‘plab yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olishmadi.

Mehmonlar 40-daqiqada hisobda oldinga utib olishdi. Golni Farruh Urinboyev kiritdi – 0:1.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda nihoyasiga yetdi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz dastlabki bo‘limga nisbatan shiddatli va hujumkor o‘yin namoyish etdi. 59-daqiqada Mirzabek Joniqulov hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham jamoamiz o‘yin tizginini o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Afsuski ko‘plab tashkil etilgan hujumlarda futbolchilarimiz darvozani ishg‘ol qila olishmadi.

Shunday qilib, “Nasaf-2” jamoamiz joriy birinchilikning so‘nggi uchrashuvida durangga imzo chekdi.

Asosan yosh futbolchilardan tashkil etilgan jamoamiz, bu yilgi birinchilikni 14-o‘rinda yakunlashdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu birinchilikda futbolchilarimiz o‘zlari uchun katta tajriba to‘plashdi.

O‘zbekiston Birinchiligi, 36-tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent) 1:1 (0:1)

01.11.2017. “Nasaf” FM maydoni. 15:30da

Bosh hakam: Elyor Tursunov (Buxoro)

Qanot hakamlari: Ibrohim Jo‘rayev (Toshkent vil.), Husan Xudoyberdiyev (Toshkent vil)

Zaxira hakami: Naim Qosimov (Qarshi)

Nazoratchi: Ibrohim Sharipov (Buxoro).

Gollar: Mirzabek Joniqulov, 59’-1:1  -  Farruh Urinboyev, 40’-0:1

“Nasaf-2”: 21.Amirbek Lutfullayev, 5.Otabek Komiljonov (18.Abdulla Miyassarov 73), 7.Elbek Otaqulov, 8.Shohmalik Komilov (6.Timur Nabiyev 89), 14.Jahongir Halimov (10.Jamshid Abdullayev 65), 15.Shaxboz Erkinov, 16.Navro‘zjon Izatillayev (s), 27.Mirzabek Joniqulov, 33.Farruh Absalomov, 38.Orifjon Murodov (22.Alpomish Mirov 85), 42.Samandar Shukrullayev,

Zaxira: 25.Elshod Qodirov, , 35.Jasur Jumayev, 45.Sardor Abduxoliqov.

“Lokomotiv-BFK”: 16.Shaxzod Madaminov (s), 2.Jamshid Rasulov, 4.Aleksandr Belyakov, 9.Nuriddin Umarov, 10.Saidmaxmudjon G‘ulomov, 11.Hayotbek Sotvoldiyev, 13.Samandar Abduraimov, 15.Faxriyor Urinboyev, 17.Shoxjahon Toxirjonov (25.Sardor Sodiqov 78), 18.Ibrohimjon Bozorov, 23.Ulug‘bek G‘aniyev.

Zaxira: 6.Mirjalol Mirsoatov, 8.Elyorbek Muydinov, 21.Rustam Yunusxonov, 24.Dilmurod Qodirov, 26.Dostonbek Baxromov, 27.Shukurjon Muminov.

Ogohlantirish: Farruh Absalomov (70) - Hayotbek Sotvoldiyev (68)