fcnasaf.uz

  02 Mar 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Maqsud Karimovni tabriklaymiz!

Bugun "Nasaf" jamoasining mohir himoyachisi,   ko‘p yillardan buyon jamoamiz sharafini himoya qilib kelayotgan sodiq futbolchilaridan biri - Maqsud Karimovning tug‘ilgan kuni.  

Maqsud Karimov 2008 yilda "Nasaf"ning asosiy tarkibida ilk marta maydonga tushgan.   Xorazmliklarga xos mehnatdan qo‘rqmaydigan,   o‘z ustida tinmay ishlaydigan Maks “Nasaf” jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi,   murabbiylar ishonchini qozondi.  

"Nasaf"ning erishgan yutuqlarda Maqsudning ham salmoqli hissasi bor.   Ushbu futbolchimiz o‘zining sadoqatli mehnati bilan va mazmunli o‘yinlari bilan futbol ishqibozlarining e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.  

Futbolda kam baholanib,   ko‘p mehnat va ma’suliyat talab etadigan himoyachilikni tanlagan  Maqsud Karimov "Nasaf"da faoliyat yuritib,   kam bo‘lmadi.   Uni "Nasaf" futbol klubi jamoasi chuqur hurmat qiladi.   U doimo muxlislar ardog‘ida.  

Mana shunday sevimli o‘yinchimizning bugungi tavallud ayyomi bilan klubimiz rahbariyati,   murabbiylari,   futbolchilari va xodimlari hamda barcha muxlislari nomidan samimiy tabriklaymiz.   Maqsudga mustahkam sog‘lik,   uzoq umr va baxt saodat tilaymiz.   Tilagimiz turmush o‘rtog‘i bilan voyaga etkazayotgan farzandlarini kamolini,   baxtini ko‘rib yurish nasib etsin.  

O‘ylaymizki,   u kelgusida ham jamoamiz yutuqlariga munosib hissasini qo‘shaveradi.     

Maqsudjon,   tug‘ilgan kuningiz qutlug‘ bo‘lsin!  

"Nasaf" PFK jamoasi