fcnasaf.uz

  14 Aug 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Liga Kubogi. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:0

Bugun Liga Kubogi ¼ final “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv keskin kurashlar bilan boshlandi. Har ikkala jamoa vakillari ham birinchi bo‘lib hisobni ochishga intilishdi. Sardor Sadullayev uzoq masofadan darvozani nishonga oldi biroq uning zarbasini raqib darvozaboni bartaraf etdi. Yana bir futbolchimiz Xudoyorxon Sag‘dullayevda ham hisobni ochish uchun ajoyib vaziyat yuzaga keldi ammo uning raqib darvozasi tomon yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Bellashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar darvozamiz oldida ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. 54-daqiqada burchakdan o‘yinga kiritilgan to‘pni Shahboz Erkinov boshi bilan darvozamiz to‘riga joyladi 1:0. Shundan so‘ng “nasafchilar” vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi. Ammo bellashuv so‘ngiga qadar darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Liga Kubogi

¼ Final

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” – 1:0 (0:0)

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Olim To‘ychiboyev.

Nazoratchi: Arslon Hotamov.

Komissar: Sherzod Rajabov.

Gol: Shahboz Erkinov (54).

“Qo‘qon-1912”: 33. Muzaffar Abdullayev, 7. Jamshid Hasanov, 9. Zafar To‘rayev (10. Quvondiq Ro‘ziyev, 46’), 11. Timur Hakimov, 15. Oybek Rustamov, 16. Jasur Hasanov, 17. Jahongir Ahmadov, 21. Timur Usmonov (22. Shahboz Erkinov, 46’), 27. Jasur Yoqubov, 72. Alisher Samatov, 91. Otabek Haydarov (70. Murod Holmuhammedov, 73’).

Zaxira: 1. Islom Abdullayev, 19. Suhrob Berdiyev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 65. Marko Milich.

“Nasaf”: 21. Mashhur Muhammadjonov, 2. Sardor Sadillayev (20. Islom Kenjaboyev, 67’), 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev (34. Sherzod Nasrullayev, 46’), 10. Bobur Abduxoliqov, 15. Jo‘rabek Mannonov, 17. Doniyor Narzullayev, 22. Akmal Mozgovoy, 27. Islom Rashidxonov (14. Sharof Muhitdinov, 46’), 28. Xurshid Muxtorov, 30. Xudoyorxon Sagdullayev.

Zaxira: 35. Abduvohid Ne’matov, 92. Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullayev, Sardor Sadullayev, Sharov Muhitdinov, Alisher Samatov.