fcnasaf.uz

  18 Mar 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Hamidjon Aktamov: “Yaxshi o‘yin ko‘rsatib yutqazdik”

“Qizilqum”- “Nasaf” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjmaning ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

-O‘yin bo‘yicha raqibga yutqazmadik, deb o‘ylayman. Shunchaki omadimiz kelmadi. Birinchi taymda, hisob 0:0 paytida ikkita qulay vaziyat golga aylanmadi. Yaxshi o‘ynab yutqazdik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. Bugun bosh murabbiy sifatida oxirgi o‘yinni o‘tkazdim.

Bu futbol, omad va omadsizlik yonma-yon turadi. Qo‘limdan kelganicha jamoani yuqoriga ko‘tarishga intildim. Buni tushungan, tushunadi. Bir kishiga hamma ishni bajarish qiyinchilik tug‘dirar ekan. Afsuski, hozircha chet eldan tajribali murabbiy taklif etishga imkoniyatimiz yo‘q. Shu bois bundan buyon jamoada Yuriy Pavlovich Lukin bosh murabbiylikni davom ettiradi. Ilgar hech qachon mavsumni bu qadar yomon boshlamagandik. Ammo har qanday qiyinchilikniyam oxiri bo‘ladi. Futbolchilarga qo‘ldan kelgancha barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilayapmiz. Mavsum endi boshlandi. O‘ylaymanki, asta-sekin yaxshi natijalarni ham qo‘lga kirita boshlaymiz.