fcnasaf.uz

  15 Oct 2018 Yangiliklar, UFА yangiliklari

Ektor Kuper: “Biz o‘z o‘yin uslubimizni yaratayapmiz”

Ertaga bo‘ladigan O‘zbekiston – Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper hamda futbolchi Odil Hamrobekovlar ishtirok etishdi.

Ektor Kuper: - Ertangi o‘yindan asosiy maqsadimiz birinchi KXDRga qarshi o‘yindagi tartibli himoyani yanada takomillashtirish, yangi futbolchilarnining ayrimlarini sinab ko‘rishdir. Keyingi yig‘inimiz bir oydan keyin tashkil etiladi. Umid qilaman keyingi yig‘inga ham futbolchilar yaxshi formada qaytib kelishadi. Raqiblar o‘yinini tahlil qilib boryapmiz. Kelasi o‘yinlarda o‘z mutaxassilarimizni raqib o‘yinlarini o‘rganish uchun yuborishni niyat qilganmiz. Biz birinchi o‘rinda raqibga qarab moslashishni emas balki o‘z o‘yin uslubimizni yaratishga harakat qilamiz. Hech bir o‘yinchiga terma jamoada joy kafolatlanmagan. Men kimnidir termaga chaqirsam yoki chaqirmasam bu haqda batafsil ma’lumot berishni istamayman. Kimnidir yig‘inga chaqirmasam o‘sha futbolchi qaytib terma jamoada o‘ynamaydi, degani emas. Vitaliy Denisov jarohati borligi sabab terma jamoa yig‘iniga chaqirilmadi. Terma jamoaning o‘yini uning yuzidir. Biz o‘z yuzimizni yaratish harakatidamiz. Biz o‘yin davomida ko‘plab taktikalarni sinab ko‘ramiz. Bizda albatta zahira o‘yin uslublari bor. Keyinga o‘yinlar natijasiga qarab ularni ham sinab ko‘ramiz.

O'FA mabuot xizmati