fcnasaf.uz

  10 Mar 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Davron Fayziyev: “Nasaf” istalgan jamoani kuragini yerga tekkizishga qodir”

Superliganing 1-turi doirasidagi “Dinamo” - “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Davron Fayiziyev ishtirok etdi va oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bahor fasliga qoʻshilib futbol mavsumi ham kirib keldi. Fursatdan foydalanib bahor ayyomi, 8-mart xotin-qizlar kuni va kelayotgan Navroʻz bayrami bilan tabriklayman. Oʻyin toʻgʻrisida gapiradigan boʻlsam, uchrashuvdan oldin barcha qizgʻin derbi boʻlishini kutayotgani internet nashrlarida koʻp eʼlon qilindi.

Tan olish kerak, “Nasaf” jamoasi oʻyin jihatidan, toʻp nazorati va vaziyatlar yaratish borasida “Paxtakor” bilan tengma-teng boʻlib turibdi. Oʻyindan oldin menda hayajon kuchli boʻlgandi. Nimaga? Chunki jamoamiz Superligaga chiqqani oxirida maʼlum boʻldi. Biz esa rejalarni tezkorlik bilan oʻzgartirdik. Mazkur bahsga imkon qadar tezroq va yaxshi tayyorgarlik koʻrishga intildik. Maqsad muxlislarni xursand etish edi. Bugungi bahs jangovor, yakka kurashlarga boy boʻldi. “Nasaf” birinchi boʻlimda, biz esa ikkinchi taymda yaratilgan vaziyatdan foydalandik. “Dinamo” uchun har bir ochko suv va havodek zarur. Shu boisdan ham bugungi bir ochkoning qadri baland. Kamchiliklarimiz mavjud va bu bugun yaqqol koʻzga tashlandi. Ikkinchi turga qadar oldimizda tanaffus bor. Aynan shu tanaffusdan unumli foydalanib, mazkur xato va kamchiliklarni bartaraf etishga urinamiz. Jamoaviy oʻyin, oʻzaro oʻyin koʻnikmasi va futbolchilarda oʻzaro tushuncha paydo boʻlishi uchun ozgina vaqt kerak. Muxlislar bugun bizning haqiqiy 12-futbolchimizga aylanishdi. Ularning qoʻllab-quvvatlovi bizga qoʻshimcha kuch berdi.

“Qaysi chiziqdan koʻnglim toʻq? Murabbiy qachonki har doim yutib tursagina barchasidan qoniqish xosil qilishi mumkin. Bizda seleksiya ishlari oxirgi daqiqa kelib tezlashtirib yuborildi. Sababini barcha biladi. Masalan Fomin yaqinda jamoaga qoʻshildi, Siroj Hamroyev endi keldi. Botirali Ergashev umumiy guruhda kechagina birinchi mashgʻulotini oʻtkazdi. Faqatgina ”Paxtakor“ darvozaboni Ergashev ijara asosida keldi. Qolgan barcha yangi futbolchilar bilan 2 yillik shartnoma imzoladik. Aslida futbolchini ijaraga olishga oʻzim qarshiman. Koʻproq mahalliy futbolchilarga eʼtibor qaratishni lozim topaman. Bugungi bahsda asosiy tarkibda 4 nafar mahalliy futbolchi oʻynadi. Masalan bugungi raqib ”Nasaf“ning tarkibining deyarli barchasi akademiya tarbiyalanuvchilari. Yaʼni oʻzining nihollari. Menimcha, ”Nasaf“ni tark etgan futbolchilarning oʻrni bugun bilinmadi. Oʻsha Hamrobekov yoki boshqalar. Men ”Nasaf“ni yetakchilar tark etdi va jamoa kuchsizlandi, degan fikrga umuman qoʻshilmayman. ”Nasaf“ hali ham koʻp jamoalarning kuragini yerga tekkizishga qodir. Jamoa oʻzaro bir-birini juda yaxshi tushunib oʻynaydi. Bunaqasi boshqa yoʻq. Jamoa oldiga bu yilgi mavsumda 10-oʻrinni olish vazifasi qoʻyilgan. Buni ochigʻini aytish kerak. Lekin generallikni orzu qilmagan soldat, soldat emas. Men esa murabbiy sifatida oltilikka qarab maqsad qilaman. Transfer oynasi yopilib qoldi. Dedlayn kuni kecha tugadi. Biz legionerlarni roʻyxatdan oʻtkazishga ulgurmadik. Shu boisdan ham koʻproq mahalliy futbolchilarga ishonch bildiraman”, - dedi Davron Fayziyev.