fcnasaf.uz

  21 Apr 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Bugun “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi bo`ladi

Bugun Qo‘qonda katta futbol kuni. “Nasaf” jamoamiz bugun  “Qo‘qon-1912”  jamoasi bilan bahs yuritadi.

Uchrashuv Qo‘qon markaziy stadionida soat 18:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 7-tur

“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) - “Nasaf” (Qarshi)

21.04.2018. Qo‘qon sh., “Markaziy” stadion. 18:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Obid Jumayev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy)

Zaxira hakami:  Farux Yansupov (Toshkent).

Nazoratchi: Igor Nexochin (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Baxtiyor Namozov

Jamoalar bugun milliy chempionatdagi o‘zaro 17-uchrashuvini o‘tkazishadi. Bu uchrashuv “Nasaf”ning milliy chempionatimizdagi 625-uchrashuvi bo‘ladi.

Mazkur jamoalar bungacha 16 marta tuqnash kelishgan. Shulardan 12ta uchrashuvda jamoamiz g‘alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Eng qiziqarlisi jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida hanuzgacha durang natija qayd etilmagan.

Bungacha Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘zaro 8 uchrashuvning 4tasida “Qo‘qon-1912” jamoasi va yana 4tasida “Nasaf” g‘alabaga erishgan. Qo‘qondagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 24ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 14-10ni tashkil etmoqda. Ustunlik “Qo‘qon-1912” jamoasida.

Guvohi bo‘lganingizdek Qo‘qondagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda natijalar deyarli teng.

Bu jamoalar o‘rtasidagi har bir uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish o‘yg‘otib kelgan. Bugungi uchrashuv ham qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin emas.

Uchrashuvga marhamat qiling.