fcnasaf.uz

  12 Oct 2017 Yangiliklar, Uzbekiston Birinchiligi

Bugun “Nasaf-2” o‘z maydonida “Nurafshon”ni qabul qiladi

Bugun O‘zbekiston Birinchiligi 31-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. “Nasaf-2” jamoamiz bu turda “Nurafshon” jamoasi bilan bahs yuritadi. Uchrashuv bugun “Nasaf” FM maydonida soat 16:00da boshlanadi.

Uchrashuvni gulistonlik hakam Baxtiyor Yulcharayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda nukuslik va urganchlik hakamlar Damir Iskanderov hamda Dilshod Jumaniyozovlar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida hamshaharimiz Firdavs Norsafarov ishlaydi.

Baxtiyor Tog‘ayev uchrashuvda hakamlar ishini nazorat qiladi. Toshkent shahridan.

O‘zbekiston Birinchiligi, 31-tur

 “Nasaf-2” (Qarshi) – “Nurafshon” (Buxoro)

12.10.2017. “Nasaf” FM maydoni. 16:00da

Bosh hakam: Baxtiyo Yulcharayev  (Guliston)

Qanot hakamlari: Damir Iskanderov (Nukus), Dilshod Jumaniyozov (Urganch)

Zaxira hakami: Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev (Toshkent).

Nurali Sultonov boshchiligidagi “Nasaf-2” jamoamiz bu yilgi hozirgacha birinchilikda 28ta uchrashuv o‘tkazdi. Shulardan sakkizsida g‘alaba, uchtasida durang va yana o‘n yetti uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. To‘plagan ochkolari soni 27ta va turnir jadvalining 14-pog‘onasini egallab turibdi.

“Nurafshon” jamoasi esa 28 uchrashuvdan so‘ng 19 ochko to‘plab, turnir jadvalining so‘nggi 17-pog‘onasida bormoqda.

“Nasaf-2” jamoamiz ketma-ket ikki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi. 15 oktyabr kuni bo‘ladigan 32-tur uchrashuvida Muborakning “Mash’al-2” jamoasini ham qabul qiladi.

Barcha futbol ishqibozlarini esa stadionimizga chorlab qolamiz.