fcnasaf.uz

  13 Oct 2018 Yangiliklar, Superliga U-18

Bugun futbol. Superliga U-18. “Nasaf” – “Navbahor”

Bugun U-18 jamoamiz navbatdagi 16-tur uchrashuvida “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00da boshlanadi.

Superliga U-18, 16-tur

“NASAF” – “NAVBAHOR”

13.10.2018. Yoshlar qarorgohi maydoni, 16:00da

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov, Naim Qosimov (barchasi Qarshidan)

Nazoratchi: Shamil Jumayev (Shaxrisabz)

Mazkur jamoamizda to‘p tepayotgan futbolchilarimiz, o‘zlarining o‘yinlari bilan ko‘pchilikda qiziqish o‘yg‘otmoqda. Ularning o‘yinlarini tomosha qilib, asosiy tarkibimizga munosib o‘rinbosarlar yetishib kelayotganiga ishonish mumkin.

Jamoamiz shu paytgacha 15ta uchrashuv o‘tkazgan. Ularning 11tasida g‘alaba, bir uchrashuvda durang va yana 3 uchrashuvda mag‘lub bo‘lishdi. Bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda 34 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining birinchi pog‘onasini egallab turibdi. Raqiblari darvozasini 50 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz, o‘z darvozasidan 18ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Ushbu jamoamizda ikki nafar futbolchimiz 11tadan gol urib, to‘purarlarimiz ro‘yxatini boshqarib kelishmoqda.

Quyida to‘purarlarimiz ro‘yxati bilan tanishing.

Sardor To‘rayev – 11ta

Javohir Shokirov – 11ta

Alpomish Mirov – 7ta

Alfayzi Ne’matov – 4ta

Shohmalik Komilov – 4(3)ta

Yegor Kondratyuk – 2ta

Shaxboz Nuriddinov – 2ta

Abubakr Rizo Turdaliyev – 2ta

Nurbek Botirov, Og‘abek Samadov, Abduvohid Ne’matov, Jasur Jumayev, Jamshid Abdullayev va Islom Baratovlar bittadan to‘p kiritishgan. “Nasaf”  - “Qizilqum” uchrashuvida, navoiylik yosh futbolchi – Bobomurod Imomov o‘z darvozasini bir marta ishg‘ol qilib, jamoamiz gollari sonini ko‘paytirgan.

Bugun yosh futbolchilarimiz mavsumdagi 16-uchrashuvini o‘tkazadi.

Keling, Siz ham bugungi o‘yinni bir tomosha qiling va kayfiyatingizni ko‘taring.