fcnasaf.uz

  04 Mar 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Bugun futbol. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf”

Bugun jamoamiz futbol bo‘yicha XXVI O‘zbekiston chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

“Ajdarlar”ning chempionatdagi dastlabki uchrashuvi, o‘zbek futboli tashkil bo‘lgan kuhna va navqiron Qo‘qon shahri jamoasi bilan bo‘ladi.

“Nasaf” bu yil O‘zbekiston chempionatidagi 21-ishtirokini boshlaydi. Jamoamizning bugungi uchrashuvi oliy ligadagi 589-o‘yini sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev faoliyati davomida o‘z shogirdlarini, chempionatda 122-marta maydonga boshlab tushadi.

Bugungi uchrashuvni FIFA referisi, qit’amizning to‘rt karra eng yaxshi hakami – Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda A.Rasulov va J.Saidovlar yordam berishadi. Uchrashuvning zaxira hakami etib A. Ergashev tayinlangan. Hakamlar ishini bugun A.Abdullaev nazorat qiladi.

Mazkur uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Yurtimiz futbol ishqibozlari o‘zimizni futbolni sog‘inib ham qolishdi. Qolaversa, Qo‘qonda futbolni juda sevishadi.

Futbol ishqibozlari “Nasaf” ishtirokidagi o‘yinlarni doimo katta qiziqish bilan kuzatib kelishadi. “Ajdarlar” mavsum oldidan o‘z tarkibida shov-shuvli transferlarni amalga oshirmagan bo‘lsada. Jamoa katta salohiyatga va kuchga egadir. Futbolchilarimiz har qanday raqibga munosib qarshilik ko‘rsatish mahoratiga egadirlar.

Xullas, bugun chiroyli va jangovor o‘yin bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q. O‘ylaymizki, maydonga tushadigan futbolchilar, bu uchrashuvni orziqib kutgan futbol ishqibozlariga chiroyli futbol tomoshasini taqdim qilishadi.

Uchrashuvga oid ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi https://twitter.com/fcnasaf,  https://www.facebook.com/FC-NASAF, telegramdagi https://t.me/FcNasafOfficial va instagramdagi https://www.instagram.com/fcnasaf/ kanallarimiz orqali ham olishiingiz mumkin bo‘ladi.