fcnasaf.uz

  13 Oct 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Bugun futbol. “Neftchi” – “Nasaf”

Futbol ishqibozlari bugun Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida qiziqarli uchrashuv guvohi bo‘lishadi.

“Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi ishqibozlarga ko‘pgina hayajonli daqiqalarni taqdim etishi kutilmoqda.

O‘zPFL  24-tur

“Neftchi” (Farg‘ona)  - “Nasaf” (Qarshi)

13.10.2017. “Istiqlol” stadioni. 16:30da

Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Rishat Nu’monov (Toshkent), Server Yeremeyev (Toshkent)

Zaxira hakami: Anotoliy Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov.

Mazkur jamoalar bugun o‘zaro 42-uchrashuvida maydonga tushishadi. “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi prevyusida bu haqda to‘xtalib o‘tdik.

“Nasaf” jamoamiz bugun oliy ligadagi 612-uchrashuvida maydonga tushadi. Shu paytgacha jamoamiz bu uchrashuvlarning 344tasida g‘alabaga erishgan. Futbolchilarimiz shu paytgacha raqiblari darvozasini 1109 marta ishg‘ol qilishgan.

Bu yilgi chempionatdagi o‘tkazgan 23ta bahslarining 14tasida g‘alabasini nishonladi. Turnir jadvalida 44 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi.

“Nasaf” bu yilgi futbol mavsumida keyingi o‘tkazgan 6 uchrashuvida g‘alabaga erishdi. Shulardan bittasi kubok bahsidir. Ushbu uchrashuvlarda darvozasini quruq saqlab turibdi.

“Ajdarlar” Farg‘onadagi o‘tkazilgan o‘zaro 20ta uchrashuvda 3 marta g‘alaba qozongan.  

“Nasaf” Farg‘onadagi ilk g‘alabasini 2010 yili nishonlagan, so‘nggi g‘alabasini esa, 2015 yili qo‘lga kiritgan. “Neftchi” so‘nggi marta 2009 yili o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchrata olgan.

Yuqoridagi faktlardan ko‘rinib turibdiki, bu jamoalar turnir jadvalidagi egallab turgan mavqiyega qaramasdan o‘zaro uchrashuvlarda muxlislarga qiziqarli va murosasiz futbol uchrashuvlarini taqdim etib kelishgan. Bugun ham shunday futbol bellashuvi bo‘lishini bemalol oldindan aytish mumkin.

Shunday ekan, qiziqarli uchrashuvni o‘tkazib yubormang, aziz futbol ishqibozlari.