fcnasaf.uz

  29 Oct 2017 Yangiliklar, Uzbekiston Birinchiligi

Bugun futbol. “Nasaf-2” – “Xotira-79”

Bugun mamlakatimiz stadionlarida O‘zbekiston Birinchiligining 35-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Quyi liga ishtirokchisi bo‘lgan “Nasaf-2” jamoamiz, o‘z maydonida Uychining “Xotira-79” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv “Nasaf” FM maydonida soat 15:30da boshlanadi.

Uchrashuvni Dauletbay Jalimov boshchilik hakamlar boshqarishadi. Unga qanotlarda Maxmud Turdiyev hamda Feruz Dostonovlar yordam berishadi. Ikkala hakam ham Jizzax shahridan. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Ravshan Abduvoxidov ishlaydi. Qarshi shahridan.

Hakamlar ishini Elbek Musayev nazorat qiladi. Samarqand shahridan.

O‘zbekiston Birinchiligi 35–tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Xotira-79” (Uychi)

29.10.2017. “Nasaf” FM maydoni. 15:30da

Bosh hakam: Dauletbay Jalimov (Toshk.vil.)

Qanot hakamlari: Maxmud Turdiyev (Jizzax), Feruz Dostonov (Jizzax)

Zaxira hakami: Ravshan Abduvoxidov (Qarshi)

Nazoratchi: Elbek Musayev (Samarqand).

“Nasaf-2” ayni paytda 32 uchrashuvdan keyin 30 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog‘onasini egallab turibdi. Ular 9 uchrashuvda g‘alaba qozonishgan, 20 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, 3 uchrashuvda durangga imzo chekishgan.

Jamoamiz futbolchilari raqiblari darvozasini 42 marta ishg‘ol qilishib, o‘z darvozasidan 58ta to‘p olib chiqishgan.

“Nasaf-2” joriy birinchilikning qolgan ikki uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. Futbolchilarimiz o‘z oldilariga bu qolgan uchrashuvlarda g‘alaba qozonish maqsadini qo‘yishgan. Ularga bu uchrashuvlarda omad tilab qolamiz.

Uchrashuvga marhamat qiling!