fcnasaf.uz

  04 Nov 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Bugun futbol kuni. “Nasaf” - “Neftchi”

Bugun “Markaziy” stadionimizda katta futbol. Pepsi Superliganing 29-tur doirasidagi “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 45 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 19tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 16 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan o‘zaro 10 uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 61-51.

Farg‘onada shu yili bo‘lib o‘tgan o‘zaro so‘nggi uchrashuvda jamoamiz 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Jamoalar Qarshida o‘zaro 22 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo‘lib o‘tgan 15 uchrashuvda “Nasaf”ning qo‘li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 59ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 40:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik jamoamiz tomonida.

“Neftchi” jamoasi so‘nggi bor Qarshida 2012 yili 2:1 hisobida zafar quchgan.

Bugun ikki sobiq jamoadaosh o‘z shogirdlari harakatini maydon chetida turib, boshqaradi. Ro‘ziqul Berdiyev va “Neftchi” jamoassi ustozi Bahrom Haydarovlar vaqtida “Nasaf” klubi sharafini himoya qilishgan.

Bugun “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev, milliy chempionatimizda 180-marta o‘z shogirdlarini maydonga boshlab tushadi.

“Nasaf” bugun chempionatdagi 646-uchrashuvini o‘tkazadi. “Ajdarlar” bugun milliy chempionatdagi 360-g‘alabasini nishonlashi mumkin.

Shunday ekan, “Markaziy”ga keling va qiziqarli uchrashuvni tomosha qiling. Darvoqe chempionat ham nihoyasiga yetmoqda.