fcnasaf.uz

  30 Nov 2016 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Bugun final! “Lokomotiv” – “Nasaf”

Bugun Samarqand shahrida katta futbol bayrami. O‘zbekistonning ikki kuchli jamoasi O‘zbekiston kubogi uchun kuch sinashadi.

“Dinamo” stadionida soat 13:00da boshlanadigan final uchrashuviga hamma tayyor. Bugun o‘zbek futboli tarixida 24-marta O‘zbekiston kubogi finali o‘tkaziladi. Bunda joriy yilda o‘z tarixida ilk marta chempionlikni qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” jamoasi va to‘qqiz marta bronza medaliga sazovor bo‘lgan hamda amaldagi O‘zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi “Nasaf” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Bugungi finalga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari nafaqat ikki kuchli jamoa ishtirokidagi finalni, balki eng chiroyli va murosasiz futbol uchrashuviga guvoh bo‘lishadi. Chunki, har ikkala jamoada tajribali va mahoratli futbolchilar talaygina. Ular ishtirokidagi ajoyib futbol spektaklini tomosha qilamiz.

“Nasaf” jamoasi bu yil o‘z tarixida oltinchi marta kubok finalida ishtirok etsa, “Lokomotiv” jamoasi ikkinchi marta finalda qatnashadi. Ushbu jamoalar o‘z tarixida bir martadan kubok sohibi bo‘lishgan.

Bugungi finalda hakamlar ham o‘zgacha. Vladislav Seytlin ilk marta kubok finalini boshqaradi.

O‘zbekiston kubogi – 2016. FINAL

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)

30.11.2016. Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 13:00da

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)

Yordamchi hakamlar: Timur Galeyev, Akbar Po‘latov (Toshkent)

Zaxira hakami: Zokirjon Qodirov (Navoiy)

Nazoratchi: Sardor Najafaliyev (Toshkent)

Hamma futbol ishqibozlarini “Dinamo” stadioniga chorlab qolamiz.

- See more at: http://fcnasaf.uz/index.php/news/view?v=3407#sthash.AwK200P7.dpuf