fcnasaf.uz

  01 Jun 2019 Yangiliklar, Akademiya

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

"Nasaf" futbol klubi o'z an'analariga sodiq qolgan holda har yili 1- iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuniga bag'ishlab futbol festivali tashkil qilardi va bu yil ham ushbu ajoyib an'ana davom ettirildi.

Futbol bayramida 2007-2010 yillarda tavallud topgan kichkintoy futbolchilar ishtirok etishdi. Futbol maktabimizda tashkil qilingan bayramida nafaqat viloyatimiz, balki qo'shni Surxondaryo futbol maktablari tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishdi.

Bugungi uchrashuvlarini "Nasaf" futbol maktabi murabbiylari ham kuzatishdi va festival qatnashchilarini yaxshilab o'rganishdi. Bellashuvlarda o'zini ko'rsatgan futbolchilar "Nasaf" futbol maktabiga taklif qilinadi.

Musobaqa yakunida g'olib jamoalar diplom va kuboklar bilan taqdirlanishdi.